
“Barsa” nishonida olti futbolchi!
Xavi yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni tanlashni davom ettirmoqda.
“Barselona” bosh murabbiyi hozirning o‘zida olti o‘yinchining nomi kiritilgan ro‘yxatni tuzib qo‘ydi. Xavi jamoani yangilashni himoya chizig‘idan boshlashga qaror qilgan.
Mavsum yakunlanishi bilan klub rahbariyati Xavi ixtiyoriga orqa chiziqda o‘ynayodigan charm to‘p ustalaridan “Chelsi” himoyachilari – Sesar Aspilikueta va Andreas Kristensen, “Bavariya” vakili Niklas Zyule, “Yuventus” etakchilaridan Matteys de Ligt, “Sevilya” o‘yinchisi Jyul Kunde va “Ayaks”dan Lisandro Martinesni olib kelishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar