
“Barsa” ololmagan yulduz uchun uch klub “dahshatli” summa tikdi
Yozgi transferlar vaqtida “Barselona” Ispaniya terma jamoasida porlagan Niko Uilyamsni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi.
Kataloniyaliklar 22 yoshli hujumchini 60-70 million evro atrofidag mablag‘ evaziga olmoqchi bo‘lgandi. Biroq bu transfer o‘xshamadi.
Endi “Atletik” o‘yinchisining bozori yana qaynaydigan bo‘lyapti. Kelasi yoz bilbaoliklar Uilyams transferidan mo‘may pul ishlab olishi mumkin.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Arsenal”, “Chelsi” hamda “Pari Sen-Jerman” singari baquvvat klublar Niko uchun 150 million evro to‘lashga tayyor.
Mutaxassislar bu vaziyatda ko‘p narsa Niko Uilyamsning qanday qarorga kelishi va qaysi jamoani tanlashi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar