“Barsa” o‘yinchilari Vinisiusning tashvishidan xursand

  • 31.10.2024 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol jamoatchiligining katta qismi bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini Vinisius Juniorga emas, Rodriga berilganini muhokama qilmoqda.

Sport.es sayti “Barselona” futbolchilari nufuzli sovrin “Real” hujumchisiga emas, “Manchester Siti”da o‘ynayotgan ispan futbolchisi Rodriga topshirilganini mamnuniyat bilan qabul qilganliklari haqida yozdi.

“Real” vakillaridan farqli ravishda “Barselona” futbolchilari (Lani Olmo, Lamin Yamal) “Oltin to‘p” taqdimot marosimda bevosita ishtirok etdi. Ular hali ovoz berish natijalari e’lon qilinmay turib, o‘z jamoadoshlariga bosh sovrinni Rodri yutishi ehtimoli katta ekanini ma’lum qilishgan.

“Oltin to‘p”ning yangi sohibi rasman e’lon qilinganidan keyin “Barselona”ning aksariyat o‘yinchilari Rodrini tabriklab qo‘ydi.

“Manchester Siti”ning ispaniyalik legioneri individual sovrin uchun kurashda “Real” o‘yinchilaridan Vinisius Junior, Jud Bellingem, Daniel Karvaxalni ortda qoldirdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!