“Barsa” o‘zi ketkazgan hujumchini qaytaradigan bo‘ldi
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar La Ligada “Betis” sharafini himoya qilayotgan hujumkor futbolchi Abde Ezzalzolini transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.
ESPN jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati 24 yoshli futbolchi hujum chizig‘ini kuchaytirishga qodir va jamoa o‘yin uslubiga moslasha oladi, deb hisoblamoqda.
Chunki avval bu futbolchi “Barselona” asosiy jamoasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etgan va klub uni 2023 yilning yozida 7,5 million yevro evaziga “Betis”ga transfer qilgan.
Ushbu transferda “Barselona” futbolchining kelajakdagi sotuvidan 20 foiz ulushni saqlab qolgan.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona” joriy mavsumdan keyin hujum chizig‘ini qayta tuzishni rejalashtirmoqda va kamida ikki futbolchini olishni maqsad qilgan.
Ezzalzuli “Betis»” safida 117 o‘yinda 23 ta gol urgan va ekspertlar tomonidan uning tezligi, texnikasi va raqibni aldab o‘tish qobiliyati alohida e’tirof etiladi.
Fikrlar