
“Barsa” La Ligada eng katta maosh olayotgan yulduzga narx belgiladi
“Barselona” jamoaning eng mashhur yulduzlaridan Frenki de Yong bilan xayrlashishga tayyor.
Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli niderlandiyalik hujumkor futbolchini 60 million evro evaziga qo‘yib yuboradi.
Frenki de Yong “Barselona”da 2019 yildan beri o‘ynab keladi. Shu paytga qadar u barcha turnirlarda 213 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 21 ta assist qayd etgan.
Niderlandiyalik futbolchi Ispaniya chempionatida eng katta maosh oladigan o‘yinchi hisoblanadi. Unga kataloniyaliklar har mavsum uchun 37,5 million evro maosh hisoblaydi.
“Manchester Yunayted” anchadan beri Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib keladi. Biroq bu gal Angliya grandi o‘yinida pasayish kuzatilayotgan o‘yinchi uchun 30-40 million evro taklif qilyapti xolos.
Fikrlar