“Barsa” sharmandali mag‘lubiyat uchun o‘ch oladi!
“Barselona”ning yangi pleymeykeri Miralem Pyanich yangi mavsum rejalari haqida gapirar ekan Chempionlar ligasidagi sharmandali mag‘lubiyatni ham tilga oldi.
- Jamoamiz Lissabondagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olishni maqsad qilgan va biz bu tasodifiy natija ekanini isbotlaymiz. Maqsadimiz hammasiga bosqichma bosqich erishish. La Ligadan boshlaymiz. Oson bo‘lmaydi. Chempionlar ligasida esa, g‘oliblikka besh-oltita da’vogar bo‘ladi. Bu futbolchilar hurmatga loyiqligini isbotlab qo‘ygan. Lekin futbolda qora kunlar ham bo‘ladi. “Barsa”ning har bir futbolchisi 2:8 tasodifiy mag‘lubiyat ekanini isbotlashni istaydi, - dedi Pyanich.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasida “Bavariya” 2:8 hisobida engilib, musobaqani erta tark etgandi va bu mag‘lubiyat klubda katta o‘zgarishlarni keltirib chiqardi.

Fikrlar