“Barsa” shov-shuvli supertransfer uchun Rafinyani “qurbon” qiladi

  • 7 yanvar, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” mutasaddilari yozda sensatsion transferni amalga oshirish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kataloniyaliklar tarkibni “Atletik” vakili Niko Uilyams yoki “Bavariya” yulduzi Jamol Musiala bilan kuchaytirmoqchi. Har ikkala o‘yinchini olish katta summa va murakkab muzokaralarni talab qiladi.

“Barsa” rahbariyati o‘z rejasini amalga oshirish uchun joriy mavsum zo‘r va samarali o‘ynayotgan Rafinyani “qurbon” qiladigan bo‘ldi.

Rafinyaning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq klub joriy mavsumning dastlabki 25 ta o‘yinida 17 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘lgan o‘yinchini qimmatroq sotib yubormoqchi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining sermahsul o‘yini uning narxini o‘sishiga asos bo‘ladi, degan fikrda.

Klub xo‘jayinlari Rafinyani 80 million evro taklif qiladigan jamoaga berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!