
“Barsa” superto‘purar bilan kelisha olmadi
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bir necha kun davomida “Barselona” vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.
Goal.com saytining xabar berishicha, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Hozircha, polshalik to‘purarning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Bavariya” hali asosiy hujumchisiga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q. Ular agar Robert boshqa chempionatga o‘tishni istasa unga to‘sqinlik qilmasliklarini bildirishgan.
“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Robert Levandovski yoki “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni olishni rejalashtirgan edi.
Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qildi. Uning transferi yangi klubiga 60 million evroga tushadi.
Fikrlar