“Barsa” transferlardan 158 million yevro qarzini to‘lamay yuribdi

  • 10.02.2026 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ayrim transferlar uchun to‘lovlarni oxirigacha amalga oshirmagan va hozirgi paytda jami 138 million funt (158 million yevro) qarz hisoblanadi.

Bu haqida Transfer News Live nashrining o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ushbu summa quyidagi qarzlarni o‘z ichiga oladi:

  • “Lids Yunayted” klubidan Rafinyaning transferi uchun £36,5 mln (€42 mln);
  • Jüль Kundening transferi uchun “Sevilya” klubidan £22 mln (€25 mln);
  • Daniel Olmoning transferi uchun “RB Leyptsig” klubidan £15,5 mln (€17,8 mln);
  • Ferran Torresning transferi uchun “Manchester Siti” klubidan £12 mln (€13,8 mln);
  • Robert Levandovskining transferi uchun Myunxenning “Bavariya” klubidan £8,5 mln (€9,7 mln).

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun kataloniyaliklar joriy mavsum oxiriga qadar £121 mln (€140 mln) miqdoridagi qarzni to‘lab berishi lozimligi aytilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!