
“Barsa” va PSJ: Ikki raqib uchun o‘ynagan besh yulduz
Evropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi “Barselona” va PSJni ro‘baro‘ qildi.
Parijda o‘tkazilgan dastlabki to‘qnashuvda kataloniyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi yarim final yo‘llanmasi Kataloniyada o‘tkaziladigan javob uchrashuvida hal etiladi.
Muhim uchrashuv oldidan har ikki jamoada o‘ynagan eng mashhur futbolchilarni esga olamiz.
Neymar
“Santos”da porlagan Neymar “Barselona”ga ko‘chib o‘tganidan keyin kataloniyaliklar eng qudratli hujum chizig‘iga ega bo‘ldi. Neymarning klublar miqyosidagi faoliyatida qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlari “barselona” bilan bog‘liq.
PSJ 2017 yili Neymarni rekord summa 222 million evroga xarid qilgan bo‘lsa-da, faqat ichki musobaqalardagi muvaffaqiyati bilan maqtana oladi.
Ronaldino
Braziliyaning 2002 yilda jahon chempionaligiga erishishiga katta hissa qo‘shnan Ronaldino Evropaga PSJdagi o‘yinlari bilan tanilgan edi.
Parijda porlagan yulduz uchun kurashda “Barselona” barcha da’vogarlarni ortda qoldirdi.
Zlatan Ibrohimovich
Shvetsiyalik hujumchi Evropaning ko‘p jamoalarida o‘zini ko‘rsata olgan. Zlatanning “Barselona”dagi faoliyati o‘zi kutganichalik yorqin chiqmadi. Lekin PSJda Ibrohimovich tom ma’noda bor salohiyatini ko‘rsata oldi.
Tyago Motta
Tyago Motta “Barselona” va PSJda maydon markazining haqiqiy qiroli ekanini isbotlab kelgan.
Lionel Messi
Taqdir bir umr “Barselona”ga sodiq qolishni orzu qilgan Lionel Messini “Pari Sen-Jermen”ga etakladi. Argentinalik yulduz “Barselona”da misli ko‘rilmagan rekordlarni urdi. PSJdagi faoliyati ham o‘ziga yarasha muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Fikrlar