"Barsa" va "Real" mundial yulduzi uchun kurashadi
Uning iste'dodi o‘z tasdig‘ini topdi
«Aston Villa»ning yosh vingeri Joan Manzambi yaqin vaqt ichida yana bir qadam yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. 21 yoshli shveytsariyalik futbolchiga Yevropaning ikki giganti — «Barselona» va «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manzambining bozor qiymati hozircha taxminan 65 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq mutaxassislar fikricha, ehtimoliy transfer uchun to‘lanadigan haq bu summadan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Joan Manzambi o‘zini jahon miqyosida 2026 yildgi jahon chempionatida namoyon etgandi. U turnirning eng yorqin kashfiyotlaridan biri sifatida tilga olingan. Musobaqadan so‘ng uning iste’dodiga ishonan «Aston Villa» futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Birmingem klubida ham Manzambi ko‘pni kutirmadi: Angliya premyer-ligasidagi dastlabki 6 o‘yinda 3 ta gol urib, 2 ta golli pas berdi. E’tiborli si, u deyarli moslashish davrisizoq jamoaning yetakchi figuralaridan biriga aylandi.

Izohlar (0)