“Barsa” yana darvozabon olyapti

  • 20.01.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yana darvozabon oladigan bo‘ldi. Kataloniyaliklar “Real Sosyedad” posboni Aleks Remiroga qiziqish bildirmoqda va futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Kataloniya klubi 30 yoshli golkiperning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda va uni “Barsa”ning asosiy darvozaboni Joan Garsiya uchun ishonchli zahira sifatida ko‘rmoqda.

“Barselona” sport direktori Deku o‘tgan yozda Garsiyani imzolashdan oldin Remironing vaziyati bilan bir necha bor qiziqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Remiro “Barselona”da Garsiya bilan raqobatga kirishishga tayyor. Biroq kataloniyaliklar jamoadagi darvozabonlar ro‘yxatini tartibga solib olishi kerak. Jamoada Joan Garsiyada tashqari Mark-Andre ter Shtegen va Voytsekh Shchensni kabi tajribali posbonlar ham bor.

Joriy mavsumda Aleks Remiro La Ligada 20 ta o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning transfer qiymati 14 mln evroni tashkil qiladi.

So‘nggi turda “Barselona” safarda “Real Sosyedad”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!