
“Barsa” yoqmadi. Mashhur yulduz klubdan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘radi
Ilkay Gyundog‘an “Manchester Siti”dagi uzoq yillik faoliyatidan keyin o‘tgan yoz erkin agent sifatida “Barselona” safiga qo‘shilgan edi.
Germaniyalik futbolchi endi klub rahbariyatidan kelasi yoz o‘zini qo‘yib yuborishni so‘rayapti.
33 yoshli yarim himoyachi oldida Angliyaga qaytish yoki Saudiya Arabistoniga borib, katta miqdorda pul ishlab olish variantlari turibdi.
Gyundog‘an Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tganida “Barselona” bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma imzolagan edi. Biroq u jamoani imkon qadar ertaroq tark etmoqchi.
Kuni kecha “Barselona”ning aksariyat futbolchilari PSJ bilan o‘yinning birinchi bo‘limida qizil kartochka olgan Ronald Arauxoni tanqid qilgani uchun Ilkay Gyundog‘anga qarshi chiqqan edi.
Fikrlar