“Barsa” yozda “Siti”ning tanqidga uchrayotgan yulduzini olib ketadi

  • 21 aprel, 06:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” anchadan beri “Manchester Siti” vakili Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallab keladi. Biroq kataloniyaliklarning avvalgi urinishlari hech qanday natija bermagan.

Tecno

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Angliya chempionlari jamoa o‘yinida kuzatilgan inqirozdan keyin yangi jamoa shakllantirishga bel bog‘lagan. Bu o‘zgarishlar fonida Bernardu Silva ham jamoani tark etishi kutilmoqda.

Muxlisu mutaxassislar portugaliyalik futbolchini mavsum davomida muntazam tanqib qilib kelmoqda.

“Barselona” Silvaning atrofida yuzaga kelgan vaziyatni kuzatib bormoqda va mahoratli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi. Bernardu hozir 45 million evroga baholangan. Uning shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olib, kataloniyaliklar bu summani arzonlashtirish imkoniyatiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!