Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa” zo‘r o‘yinchi bilan yangi shartnoma tuzilganini e’lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U yana besh yil shu jamoada o‘ynaydi

“Barselona” klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali frantsiyalik legioner Jyul Kunde bilan yangi shartnoma tuzilganini e’lon qildi.

26 yoshli futbolchi amaldagi shartnomasini uzaytirib yana besh yil – 2030 yilning 30 iyunigacha Kataloniya superklubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

O‘ng qanot himoyachisi hisoblangan Kunde “Bordo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili uni “Sevilya” 35 million evroga transfer qilib, Ispaniya chempionatiga olib kelgandi.

“Barselna” Kundeni 2022 yilning yozida 50 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Ayni paytda Transfermarkt portali ekspertlari tajribali himoyachini 65 million evroga baholamoqda.

Jyul Kunde professional faoliyati davomida klublar miqyosida jami 368 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, 21 ta gol urgan va 22 ta assist qayd etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q