“Barsa”: Zo‘r o‘ynayapsan, lekin baribir ketasan!

  • 09.04.2026 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning joriy mavsumdagi to‘purarlaridan biri Ferran Torres, katta ehtimol bilan, yozda klubni tark etishiga to‘g‘ri keladi.

El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi forvardga joriy mavsum yakunlangach, uni sotib yuborishini rasmiy bildirgan.

Futbolchi “Barselona”ning kelajakdagi loyihasi rejalariga kirmaydi. Bu esa Torresning joriy yildagi natijadorligi pasaygani bilan bog‘lanmoqda.

Torres darajasidagi o‘yinchi ishsiz qolmasligi aniq. Hozirning o‘zida unga “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Tottenxem” qiziqish bildirmoqda.

“Barselona” Torres transferi orqali 35 million yevro ishlab olmoqchi.

Joriy mavsumda Ferran Torres “Barselona” safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!