“Barsa”da katta tozalash boshlandi: Birortasi kerak emas!
Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘ladi.
Ta’kidlash joizki, klub rahbariyati La Liganing moliyaviy feyr-pleyi qoidalarini buzmaslik uchun qat’iy choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.
Mutasaddilari bosh murabbiy Flik so‘ragan yangi ijrochilarni olib kelish uchun tarkibda ularga joy ochishi, maoshlar fondini qisqartirishi va transferlardan tushum qilishi talab etiladi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar kamida etti nafar futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘lyapti. Unga ko‘ra, Mark-Andre ter Shtegen, Pablo Torre, Inyaki Penya, Oriol Romeu, Pau Viktor, Andreas Kristensen va Ansu Fati ketadiganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bu o‘yinchilar orasida Mark-Andre ter Shtegen klubda qolib, asosiy darvozabon pozitsiyasini yana o‘ziga qaytarib olmoqchi.
Bundan tashqari, Ronald Arauxoning Kataloniyadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Barselona” agar yaxshi taklif tushsa, urugvaylik markaziy himoyachini qo‘yib yuborishga roziligini bildirgan.



Fikrlar