“Barsa”ga bosh og‘riq bo‘layotgan Olmoni Angliya grandi olib ketadi

  • 23 dekabr, 2024, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” moliyaviy vaziyat tufayli yozda olingan Daniel Olmoni chempionatning ikkinchi qismi uchun qaydnomadan o‘tkaza olmayapti.

Tecno

Ispan futbolchisining shartnomasida shu kabi holatda boshqa jamoaga bepul o‘tib ketishi haqida band bor.

TEAMtalk nashrining yozishicha, bu vaziyatdan “Arsenal” foydalanib qolmoqchi. Mikel Arteta agar kataloniyaliklar 26 yoshli hujumkor futbolchini qaydnomaga kiritish yo‘lini topa olmasa, uni jamoasiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirdi.

Olmoni nishonda ushlab turgan faqat “kanonirlar” emas. “Manchester Siti” va “Bavariya” ham ayni kuchga to‘lgan o‘yinchini ish bilan ta’minlashga tayyor.

Kataloniya superklubi esa, bu masalani ayrim o‘yinchilarni sotib yuborib, g‘aznaga pul tushirish va maoshlar fondini qisqartirish orqali hal qilmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!