“Barsa” 16 yoshli super talant topdi. U Messining vorisi

  • 09.06.2020 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” mutasaddilari “Rayo Valekago” jamoasida tarbiyalanayotgan 16 yoshli Fabian Lutstsini Kataloniyaga olib kelishga harakat qilmoqda.

Ispaniya o‘smirlar terma jamoasi hujumchisi “Rayo Valekano”ning asosiy tarkibi bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Yosh forvard o‘zi tengqurlari o‘rtasidagi barcha musobaqalarda to‘purar bo‘lib kelmoqda.

“Rayo Valekano” mamlakatning eng iste’dodli futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Lutstsi bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda. Biroq, “Barselona”dan tashqari, “Real” va “Atletiko”dan taklif olgan futbolchi yangi bitim bo‘yicha taklifga munosabat bildirgani yo‘q.

“Barsa” va Messi muzokaralar stolida. Leo shartnomani buzish huquqini talab qilyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!