“Barsa”ni sakkiz yil ishlamagan murabbiy boshqaradi

  • 20.05.2021 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati Ronald Kuman o‘rniga jamoani boshqaradigan mutaxassis qidirmoqda.

Taklif qilinishi kutilayotgan mutaxassislar ro‘yxatiga “Barselona” futbolchilariga 2003-2008 yillarda ustozlik qilgan Frank Raykaard ham kiritildi. Ma’lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik mutaxassisga jamoa etakchilarining munosabati juda yaxshi.

Joan Laporta Raykaardni taklif qilishda aynan mana shu jihatlarni inobatga olmoqda. Uning rejasiga ko‘ra, Raykaard asosiy jamoani qabul qilib olsa, o‘rinbosarlarga ustoz sifatida Xavi Ernandes olib kelinadi. Ma’lum vaqt o‘tishi bilan Xavi asosiy jamoada Raykaard o‘rnini egallaydi.

Ta’kidlash joizki, Frank Raykaard 2013 yili Saudiya Arabistoni terma jamoasini tark etganidan buyon murabbiylik qilmayapti. Tajribali mutaxassis ayni paytda Amsterdam shahrida oilasi bilan istiqomat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!