
"Barsa"ni tiz cho‘ktirgan hujumchiga grand klublar xaridor
"Borussiya" klubi "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesni sotib olmoqchi. Bu haqda "Record" nashri xabar bermoqda.
Dortmundliklar vakillari hamda Nunesning agenti Edgardo Lasalviya uchrashib ulgurgan. Tomonlar 22 yoshli futbolchining Germaniyaga ko‘chib o‘tishi haqida muzokara olib borgan.
Avvalroq, uning xizmatiga "Atletiko", "Inter" hamda "Milan" jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Aynan Darvin EChL 2-turi doirasida "Barselona"ga qarshi dubl qayd etib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlagandi.
Joriy mavsum urugvaylik hujumchi "burgutlar" safida 16 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar