“Barsa”ning 100 million evrolik yulduzi boshqa superklubga o‘tib ketadi
Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p surayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Fermin Lopes faoliyatini Yevropaning boshqa grand jamoasida davom ettirishi mumkin.
Bu haqida El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – Fransiyaning PSJ klubi istamoqda.
Parijliklar Ferminni aynan joriy transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. 23 yoshli yarim himoyachi 2023 yil yozidan beri «Barselona» safida o‘ynab kelmoqda.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 100 million yevro deb baholagan.

Fikrlar