"Barsa"ning bu futbolchisi Xavini hayratda qoldirdi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Xavini hayratda qoldirdi.
Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, “Barsa” ustozi frantsiyalik futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha moliyaviy talablari haqida bilib, bundan hayratda qolgan.
24 yoshli vinger yiliga 43 mln evro maosh va qo‘shimcha 7 million evro bonus ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmasa kerak.

Fikrlar