“Barsa”ning yana bir katta transferi barbod bo‘ldi

  • 5 avgust, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bu yoz Ispaniya terma jamoasining ikki etakchi futbolchi – Niko Uilyams va Daniel Olmo uchun kurash olib bordi.

Tecno

Evropa chempionati qahramonlari bo‘lgan bu o‘yinchilarni qo‘lga kiritish kataloniyaliklarga nasib etmaydigan ko‘rinadi.

Niko Uilyams hozirgi klubi “Atletik”da yana bir yil qolishni ma’qul ko‘rdi. Daniel Olmo “Barselona”ga qaytishga rozi. Biroq “Leyptsig” kataloniyaliklarning bir necha takliflarini rad etib, etakchisini o‘zida saqlab turibdi.

Sport nashrining yozishicha, bugungi kunda “Barselona”ning transfer bo‘yicha “Leyptsig” talablarini bajarishiga imkoniyatlari cheklangan. Tomonlar to‘lov shakli bo‘yicha kelisha olmayapti.

Kataloniyaliklar talab qilinayotgan 60 million evroni bo‘lib to‘lashni taklif qilyapti. Birdaniga to‘lashga sharoit yo‘q. Bundesliga klubi esa, to‘lov bittada amalga oshirilishini istayapti.

26 yoshli Daniel Olmoning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!