"Barselona", "Real" va "Borussiya D" klublari ko‘zlayotgan futbolchi uchun "Yuventus" ham kurash boshladi

  • 23.03.2020 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi hamon “Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torresni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 20 yoshli ispaniyalik futbolchining vakillari bilan bu borada aloqaga chiqqan va transfer masalasini muhokama qilgan. Aytish kerakki, Ispaniya yoshlar terma jamoasi a’zosining “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, tovon puli esa 100 mln evroni tashkil etadi.

Torres uchun shuningdek «Barselona», «Real» va «Borussiya» Dortmund klublari ham kurash olib borishmoqda. U joriy mavsum La Ligada jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!