
"Barselona" 19 yoshli futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Barselona" "Kopengagen"ning 19 yoshli vingeri Runi Bardjini sotib olishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti allaqachon Barselona shahriga tashrif buyurgan va katalon klubining vakillari bilan uchrashgan. Hozircha "Barsa" ikkita variantni ko‘rib chiqmoqda: futbolchini 2025 yil oxirida erkin agent sifatida yanvarda qo‘shib olish yoki hoziroq 2–3 million evroga xarid qilish.
Bardji Quvaytda tug‘ilgan bo‘lsa-da, Shvetsiyaning yoshlar terma jamoasi safida to‘p suradi. Hozirgi jamoasi tarkibida u uch marta Daniya chempioni, ikki marta esa mamlakat kubogi sohibiga aylangan.
Fikrlar