"Barselona" 2011 yildan beri ketma-ket ikki mavsumda Superkubokni qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘ldi

  • 12.01.2026 16:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi so‘nggi 15 yil ichida ketma-ket ikki marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi. Bu haqida Stata Football  xabar bermoqda.

Bir kun avval, 11 yanvar kuni "Barselona" va "Real" o‘rtasida Superkubok uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "King Abdullah Sports City" stadionida o‘ynashdi. Uchrashuv bosh hakami sifatida Xose Munuera Montero ishladi. 3:2 hisobidagi g‘alabani ko‘k-anorranglilar nishonladi.

Shu tariqa "Barselona" o‘z tarixida 16-marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilgi finalda "blaubrana" Madriddning "Real" klubini 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!