"Barselona" 3 nafar futbolchisini sotishga rozi

  • 20.09.2019 21:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

«Barselona» klubi qishki transferlar davrida 3 futbolchisini sotishga rozi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Ivan Rakitich, Samyuel Umtiti va Arturo Vidalni transferga qo‘yishlari kutilmoqda. Bu orqali jamoa moliyaviy ahvolini yaxshilamoqchi. Kataloniyaliklar 30 iyun kuniga qadar hisobotlarini tayyorlashi kerak. Shuning uchun uchala o‘yinchini katta ehtimol bilan qishda sotib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!