Asosiy mazmunga oʻtish

"Barselona" 50 million evroga hujumchi sotib olmoqchi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Kinni klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi

"Barselona" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Calciomercato" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Moyzening agentlari transfer masalasida Kataloniya klubi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Italiya klubi futbolchi uchun 50 million evro talab qilmoqda.

Forvardning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 50 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kin joriy mavsum "Fiorentina" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q