"Barselona" A Seriyadan himoyachi sotib olishi mumkin

  • 4 oktabr, 2022, 17:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun nomzodlar qidira boshladi. "Goal.com" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Italiya chempionatidan fulbek sotib olishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Kataloniya klubi "Torino"ning ivuarlik himoyachisi Uilfrid Singo nomzodnini ko‘rib chiqmoqda. "Transfermarkt" nashri 21 yoshli afrikalik futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda. Uning "buqalar" bilan shartnomasi 2023 yilning o‘rtasiga qadar amal qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Uilfrid turinliklar safida ettita uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!