«Barselona» Abdelkarim bo‘yicha qaror qabul qildi
«Barselona» rahbariyati Hamza Abdelkarim bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi. Kataloniya klubi hozircha o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynab kelayotgan yosh misrlik futbolchini jamoada qoldirish niyatida. Bu haqida Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» Abdelkarim uchun yangilangan shartlar bilan yangi shartnoma taklifini tayyorlab bo‘lgan. Eng muhim jihatlardan biri shundaki, yangi kelishuvdan 15 million yevro miqdoridagi to‘lov majburiyati (ozod qilish badali) olib tashlanadi.
Tomonlar o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha davom etmoqda.

Fikrlar