"Barselona" AQShda o‘tkaziladigan o‘yindan yaxshigina pul ishlab olishi mumkin
"Barselona" La Liganing AQShdagi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yini uchun bir necha million evro ishlab olishi mumkin. Avvalroq, La Liga 17-turidan o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yin Mayamida bo‘lib o‘tishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi ushbu o‘yinni 20 dekabr kuni Amerika shahrida o‘tkazish bo‘yicha UEFAga so‘rov yuborgani xabar qilingandi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Ispaniya futbolchilari assotsiatsiyasi (AFE) La Liga rahbari va RFEF vitse-prezidenti Xaver Tebas ishtirok etmagan yig‘ilishda ushbu taklifga qarshi ovoz bergan.
Ammo bu tashabbus yakunda ma’qullansa, "Barselona" va "Vilyarreal" moliyaviy kompensatsiya oladi.
Rac 1 ma’lumotiga ko‘ra, summa 5 million evrodan 6 million evrogacha bo‘ladi. Shu bilan birga, "Vilyarreal" uchun bu kompensatsiya biroz ko‘proq bo‘ladi, chunki ular o‘yin chiptalarini sotishdan tushmagan pullarni qoplaydi.
Fikrlar