"Barselona" ayni damda "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turgan hujumchini sotib olmoqchi

  • 02.11.2025 16:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynning ehtimoliy transferi haqida ma’lumot to‘plamoqda. Angliya terma jamoasi sardori ispaniya chempionatida o‘ynashga qarshi emas. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 2026 yilning yozida 32 yoshli futbolchining shartnomasida 65 mln evro miqdoridagi tovon puli bo‘yicha band faollashadi. "Ko‘k-anorranglilar" Keynni 37 yoshli hujumchi Robert Levandovskiy o‘rniga sotib olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Angliyalik forvardning "Barselona"ga o‘tishi kataloniyaliklarning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Keynga "blaugrana"dan tashqari futbolchini qaytarmoqchi bo‘lgan "Tottenxem" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 75 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!