"Barselona" Bastoni transferiga jiddiy kirishdi

  • 28.03.2026 13:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida Alessandro Bastonini oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Uning maʼlum qilishicha, kataloniyaliklar allaqachon "Inter" himoyachisining vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar oʻtkazgan. Shu bilan birga, "Barselona" futbolchining atrofidagilari orqali "Inter"ga bosim oʻtkazish niyatida emas.

Manbaga koʻra, ehtimoliy variantlardan biri sifatida almashuv ham koʻrib chiqilmoqda, biroq bu stsenariy juda past baholanmoqda. "Inter" esa Bastonini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni sotish uchun juda katta mablagʻ talab qilinishi mumkin. Shuningdek, milanliklar umuman uni qoʻyib yubormasligi ham ehtimoldan xoli emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!