"Barselona" "Benfika" vingerini sotib olmoqchi
"Benfika" jamoasida o‘ynayotgan Andreas Shelderup faoliyatini Ispaniyaning eng yaxshi klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Marca" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" 21 yoshli skandinaviyalik futbolchiga qiziqmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" norvegiyalikni chap qanot hujumchisi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Portugaliya klubi Andreasni 20 million yevroga sotishga tayyor.
Shelderup bu mavsumda Portugaliya ligasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan va uchta golli uzatma bergan.
Fikrlar