
"Barselona" bugun muhim xabarni e’lon qiladi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman katta ehtimol bilan kelasi mavsumda ham jamoadagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ertaga “Barselona” gollandiyalik mutaxassisning qolishi haqida e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda ccma.cat nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yaqinda klub rahbariyati Kuman bilan uchrashuv o‘tkazgan. Aniqrog‘i, "Barsa" prezidenti Joan Laporta Kumanni ishdan bo‘shatmaslikka harakat qilmoqda.
Oldinroq klub 58 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani uning maoshini pasaytirib, bonusni oshirish maqsadida o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Ronald Kuman 2020 yilning yozidan buyon “Barselona”ni boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa La Liga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar