"Barselona" chempionlik uchun kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Antuan Grizmann Ispaniya chempionati 21-turida "Atletik" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, "Barselona"ning chempionlik kurashidagi ishtiroki haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ajoyib jamoa shakllangan, biz katta unvonlar uchun kurashishimiz mumkin. Dembele maydon tashqarisida tinimsiz ishlamoqda. Uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Messi — afsona. U sovrin yutishimizga yordam bera oladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va oxirigacha kurashamiz", - deydi Grizmann.

"Barselona" 20 ta o‘yindan so‘ng, La Liga turnir jadvalida 40 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!