"Barselona" darvozaboni faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Tottemxem" "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "TEAMtalk" nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, "shporlar" darvoza chizig‘ini kuchaytirish maqsadida germaniyalik posbonni sotib olishga harakat qilmoqda. Kataloniya klubi Mark uchun tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ammo londonliklar hozircha muzokaralarni boshlamagan.
33 yoshli darvozabonning "transfermarkt" portalida ayni vaqtdagi narxi 7 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Ter Shtegen 2015 yildan beri "Barselona" darvozasini qo‘riqlab keladi. Shu davr mobaynida posbon 423 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 176 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar