"Barselona" darvozaboni "Valensiya"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 25.06.2019 23:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini "Valensiya"da davom ettiradi.

Lavanguardia nashri tarqatgan xabarga qaraganda gollandiyalik posbon allaqachon “ko‘rshapalaklar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Uning transferi esa tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatbi o‘tamiz, bundan avvalroq “Valensiya” Sillessen evaziga o‘zining braziliyalik darvozaboni Netoni "Barselona"ga berishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sillessen o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 13ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SKIPPER
25/06/2019 23:37
Varata yaxshi edi mayli urniga kim kelarkin