
"Barselona" Dembeleni sotsa, "Borussiya" Dortmundga 40 mln evro to‘laydi
Kataloniyaning "Barselone" klubi agarda qishki transferlar davrida frantsiyalik vinger Usmon Dembeleni sotishga erishsa, ushbu transferdan tushgan mablag‘ning 40 million evrosini bonus tariqasida "Borussiya" Dortmund hisob raqamiga o‘tkazib beradi.
Die Welt nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu shart har ikkala jamoaning 2017 yilda imzolagan kelishuvida ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli Dembeleni futbolga professional yondashmayotgani sabab sotib yubormoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Dembeleni 2017 yil 115 mln evro evaziga “Borussiya” Dortmunddan xarid qilgan edi. U joriy mavsum jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar