"Barselona" dushanba kuni uzoq kutilgan transferni e’lon qilmoqchi

  • 16.07.2022 01:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi Rafinya transferi so‘ng yana bir katta xaridni amalga oshirishga yaqin turibdi. 

Jurnalist Jerrard Romero bergan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" dushanba kuni "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski transferini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. 

Qayd etilishicha, polshalik forvard ham "Barselona" bilan AQShdagi mavsumoldi turnega boradi. 

Bilasiz, ayni vaqtda Robert Myunxen klubi mashg‘ulotlarida hafsalasiz tarzda ishtirok etmoqda. U o‘zining "Barsa"ga transferi tezroq amalga oshishidan umid qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!