"Barselona" yetakchisi kubok bahsida jamoasiga yordam bera olmaydi

  • 02.02.2026 19:31
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" matbuot xizmati jamoa hujumchi Rafinyaning holati haqida maʼlumot berdi. 

Manba maʼlumotiga koʻra, vinger La Liganing 22-turida "Elche"ga qarshi uchrashuvda oʻzini noqulay his qilib, zahiraga olingan edi. Tibbiy koʻrik natijalaridan soʻng Kataloniya klubi shifokorlari braziliyalik futbolchiga sonni yaqinlashtiruvchi mushakning choʻzilishi tashxisini qoʻyishgan. Maʼlum boʻlishicha, 29 yoshli forvard 3 fevral kuni "Albasete"ga qarshi boʻlib oʻtadigan Ispaniya Kubogi bahsida jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchi 1 haftadan soʻng safga qaytishi kutilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, braziliyalik vinger joriy mavsum Kataloniya klubi safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!