"Barselona" etakchisi safdan chiqdi

  • 29 oktabr, 18:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri keyingi uchta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqida "ARA" nashri xabar berdi.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvda ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etgandi. Natijada 22 yoshli yarim ximoyachi  diskvalifikatsiya tufayli La Liganing navbatdagi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Pedri mushaklaridan jarahot olgan. Shu bois yarim himoyachi bir nechta hafta davomida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. 

"Barselona" futbolchisi nafaqat diskvalifikatsiya tufayli "Elche"ga qarshi o‘yinni, jarohat sabab EChLning 4-turida "Bryugge" va La Ligada "Selta"ga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Flik shogirdlari La Liganing 10-turida "Real"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Hozirda "ko‘k-anoranglilar" 10 ta o‘yinda 22 ochko jamg‘argan xolda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!