"Barselona" futbolchisi "El-klasiko"ga tayyorlanmoqda, ammo uning maydonga tushish ehtimoli past

  • 09.05.2026 15:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen "Real Madrid"ga qarshi bo‘ladigan "El-klasiko"gacha maydonga qaytish uchun shoshilmoqda. Bu haqida "Diario SPORT" xabar berdi.

Biroq daniyalik futbolchining ushbu o‘yinga qaytishi ehtimoli past deb baholanmoqda. Kristensen 29 apreldan buyon mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, ammo "Barselona" tizza jarohatidan so‘ng uning holatiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

Agar u tibbiy ruxsat olsa ham, "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ehtimoldan yiroq. Shu bilan birga, uning klubdagi kelajagi hali ham noaniq bo‘lib qolmoqda.

Ma’lum qilinishicha, "Barselona" unga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi hozirgacha javob bermagan.

La Liga 35-tur doirasidagi "Barselona" — "Real Madrid" uchrashuvi 10 may Toshkent vaqti bilan 00:00’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!