"Barselona" futbolchisi safdan chiqdi

  • 28 yanvar, 15:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen jarohat olib, safdan chiqdi. 
 
Bizga ma’lum bo‘lishicha, daniyalik himoyachi mashg‘ulotlarda o‘zini noqulay his qilgani sabab, safdan chiqqan. Bir necha xabarlarga ko‘ra, himoyachining jarohatdan forig‘ bo‘lishi 3 haftani talab qiladi.
 
Klub mutasaddilari so‘nggi yillardagi moliyaviy muammolari sabab, qishki transferlar oynasida bir nechta o‘yinchilarni qo‘yib yubormoqchi edi. Mazkur ro‘yxatda Kristensen ham bo‘lgan. Biroq, fulbek jamoada muhim o‘yinchi deb topilib, sotilmaydigan bo‘lmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida bitta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 20 million evro deb baholanmoqda.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!