"Barselona" futbolchisi super klublar taklifini rad etmoqda

  • 30 may, 2021, 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barcelona" himoyachisi Serjino Dest jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.

Tecno

Diario Sport xabariga ko‘ra, «Bavariya», «Yuventus» va «Arsenal» 20 yoshli amerikalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirishgan. Ammo Dest ushbu klublarning takliflarini hatto tinglashni ham xohlamagan. Serjino ularga faqat "Barselona" haqida o‘ylashini va hech qaerga bormoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Dest yanada o‘sishni istaydi va Kataloniya klubida muvaffaqiyat qozonishni rejalashtirmoqda.

Dest joriy mavsum “Barselona” safida La Ligada 30 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

"Barselona" Destni 2020 yil 1 oktyabr kuni 21 mln evro evaziga "Ayaks"dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!