"Barselona" futbolchisini jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu haqda "Diaro sport" nashri xabar bermoqda.
Ispaniyalik darvozabonga La Liganing "Selta" va "Betis" klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, ular tajribali posbonga asosiy tarkibdan joy berishga tayyor.
Penya esa "Barselona"da Mark-Andre ter Shtegen va Voytsex Shensni soyasida qolib ketayotgani sababli, jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Shu bois, Inyaki muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli o‘yinchining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo kataloniyaliklar uni sotishga tayyor. Joriy mavsumda u 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi. 6 ta bellashuvda esa darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar