"Barselona" futbolchisining kelajagi noma’lum. O‘yinchi APLga yo‘l olishi mumkin

  • 17.12.2025 22:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Daniyalik himoyachi Andreas Kristensenning "Barselona"dagi kelajagi masalasida hozircha aniq qaror yo‘q. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Qoidalarga ko‘ra, ikki haftadan so‘ng Kristensen xorijiy klublar bilan erkin muzokara olib borishi va hatto dastlabki shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi — bunga FIFA reglamenti ruxsat beradi.

Andreas Christensen of FC Barcelona in action during the Copa del Rey match between CD Guadalajara and FC Barcelona at Estadio Pedro Escartin on...

"AS" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" Kristensenning professionalligini yuqori baholaydi, ammo hozircha unga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Kataloniya klubining bu passiv pozitsiyasi boshqa jamoalar uchun imkoniyat yaratmoqda.

Xususan, Kristensen Angliyaga qaytishi mumkin — 29 yoshli himoyachini "Nyukasl" anchadan beri kuzatib kelmoqda. Shuningdek, manba ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonining moliyaviy imkoniyati yuqori bo‘lgan klublari ham uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!