«Barselona» Gruziya terma jamoasi hujumchisini sotib olish bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 20.08.2026 13:44
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» Gruziya terma jamoasi va «Vilyarreal» hujumchisi Jorj Mikautadzeni olish rejasidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Sports.kz insayder Ekrem Konur ma’lumotlariga tayanib.

 

Kataloniya klubi 25 yoshli forvardni «Manchester Siti» hujumchisi Xulian Al’varesga ehtimoliy alternativa sifatida ko‘rib chiqqan edi. Biroq «Vilyarreal» futbolchi uchun mo‘ljallangan to‘lov miqdorini oshirib, Mikautadze transferi uchun 70 million yevro talab qilgan. Shuning ortidan «Barselona» yuqori narx sabab bitimdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

 

Jorj Mikautadzening «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. U ispaniyaliklar safini 2025 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Unga qadar futbolchi Fransiyada «Mets» va Lionning «Olimpik» jamoalari tarkibida to‘p surgan.

 

Mikautadze «Vilyarreal»dagi ilk mavsumida barcha musobaqalar doirasida 43 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!