“Barselona” hech kim kutmagan futbolchiga og‘iz solmoqda

  • 06.03.2021 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” mutasaddilari yoshi o‘tib qolayotgan etakchi o‘yinchilarning o‘rnini bosadigan futbolchilarni qidirishda davom etmoqda. Xususan, kataloniyaliklar Serji Busketsga o‘rinbosarni Angliya chempionatidan topdi.

Kataloniya superklubi rahbariyati “Vest Xem”da barqaror o‘yin namoyish qilayotgan yarim himoyachi Tomash Souchekni nishonga oldi.

“Barselona” prezidentlik saylovini o‘tkazib olganidan keyin klub vakillari chexiyalik futbolchi transferi bo‘yicha “Vest Xem” bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 26ta  uchrashuvda sakkizta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!